Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Shuro — Oyat 49 (Oʻzbekcha) — Video

Shuro • Oyat 53 dan 49 • Oʻzbekcha


لِلَّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ يَخْلُقُ مَا يَشَاءُ ۚ يَهَبُ لِمَنْ يَشَاءُ إِنَاثًا وَيَهَبُ لِمَنْ يَشَاءُ الذُّكُورَ 49
Tarjima:
Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. U zot xohlagan narsasini yaratur. U zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur va xohlagan kishisiga o`g`illar hadya etur. Shuro 42:49
Tafsir:
Samolar mulki ham, zamin mulki ham Allohnikidir. Oʻgʻil boʻlsin, qiz boʻlsin, istaganini yaratadi. Xohlagan odamiga qiz berib, oʻgʻil bermaydi. Xohlagan odamiga oʻgʻil berib, qiz bermaydi. Xohlagan odamiga qiz ham, oʻgʻil ham beradi. Xohlagan odamiga qiz ham, oʻgʻil ham bermay, befarzand, bepusht qilib qoʻyadi. U Zot shu vaqtga qadar boʻlib oʻtgan ishlardan ham, endi boʻladigan ishlardan ham Xabardor. Uning ilmi ham, hikmati ham yetuk, benuqson. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas. Qoʻlidan kelmaydigan biron ish yoʻq.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Shuro • Oyat 48 Keyingi Shuro • Oyat 50