Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ash-Shura — Oyat 50 (Oʻzbekcha) — Video

Ash-Shura • Oyat 53 dan 50 • Oʻzbekcha


أَوْ يُزَوِّجُهُمْ ذُكْرَانًا وَإِنَاثًا ۖ وَيَجْعَلُ مَنْ يَشَاءُ عَقِيمًا ۚ إِنَّهُ عَلِيمٌ قَدِيرٌ 50
Tarjima:
Yoki ularni juftlab — o`g`il-qiz qilib berur va xohlagan kishisini tug`mas qilur. Albatta, U zot o`ta bilguvchi va o`ta qodirdir. Ash-Shura 42:50
Tafsir:
Samolar mulki ham, zamin mulki ham Allohnikidir. Oʻgʻil boʻlsin, qiz boʻlsin, istaganini yaratadi. Xohlagan odamiga qiz berib, oʻgʻil bermaydi. Xohlagan odamiga oʻgʻil berib, qiz bermaydi. Xohlagan odamiga qiz ham, oʻgʻil ham beradi. Xohlagan odamiga qiz ham, oʻgʻil ham bermay, befarzand, bepusht qilib qoʻyadi. U Zot shu vaqtga qadar boʻlib oʻtgan ishlardan ham, endi boʻladigan ishlardan ham Xabardor. Uning ilmi ham, hikmati ham yetuk, benuqson. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas. Qoʻlidan kelmaydigan biron ish yoʻq.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ash-Shura • Oyat 49 Keyingi Ash-Shura • Oyat 51