Allohning bashar bilan gaplashmog`i bo`lmagan, magar vahiy orqali, yoki parda ortidan yoxud elchi yuboradi va ul U zotning izni ila xohlagan narsasini vahiy qilur. Albatta, U zot o`ta oliy va o`ta hikmatlidir. Ash-Shura 42:51 ⧉
Tafsir:
Biron inson uchun Alloh u bilan gaplashmogʻi durust emas. Faqat ilhom vositasida yo Allohni koʻrmasdan gapini eshitish bilan yoki biron farishtani, masalan, Jabroilni elchi qilib, u orqali paygʻambarlarga vahiy yuborish holatlari bundan mustasno. Alloh Oʻz zotida ham, sifatlari borasida ham Oliydir. Har bir yaratishini, qadarini va shariatini bir hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir.