Biz ularga qaysi bir oyat (mo`'jiza)ni ko`rsatsak ham, albatta, u o`z sherigidan kattaroq bo`lar edi. Shoyad, (xatolaridan) qaytsalar, deb ularni azob-la tutdik. Zuxruf 43:48 ⧉
Tafsir:
Firavn va uning ayonlariga Muso alayhissalom olib kelgan risolatning haq ekanini isbotlaydigan qaysi bir oyatni koʻrsatgan boʻlsak, u oʻzidan oldingi oyatdan kattaroq, buyukroq boʻlgan. Ularni shu dunyoda jazoladik, azobladik. Shoyadki, kufr yoʻlidan qaytsalar. Lekin ularga foyda bermadi.