Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Az-Zukhruf — Oyat 49 (Oʻzbekcha) — Video

Az-Zukhruf • Oyat 89 dan 49 • Oʻzbekcha


وَقَالُوا يَا أَيُّهَ السَّاحِرُ ادْعُ لَنَا رَبَّكَ بِمَا عَهِدَ عِنْدَكَ إِنَّنَا لَمُهْتَدُونَ 49
Tarjima:
Ular: «Ey sehrgar! Senga bergan ahdiga binoan, biz uchun Robbingga duo qil! Albatta, biz hidoyat topguvchilardan bo`lamiz», dedilar. Az-Zukhruf 43:49
Tafsir:
Ular azobga giriftor boʻlishgach, Muso alayhissalomga: " Ey sehrgar, (Bu yerda "sehrgar" soʻzi yerga urish emas, ulugʻlash manosida kelyapti. Chunki u paytlarda sehrgarlar hamma hurmat qiladigan eng obroʻli odamlar boʻlishgan), Parvardigoring senga, agar biz iymon keltirsak, azobni bartaraf etishini vada qilgandi. Shu vadasi haqqi Unga biz uchun duo qil. Agar bizdan bu baloni daf qilsa, biz albatta toʻgʻri yoʻlga yuramiz", dedilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Az-Zukhruf • Oyat 48 Keyingi Az-Zukhruf • Oyat 50