Ular: «U (hayot) faqat bu dunyodagi hayotimizdir. O`lamiz, tirilamiz, bizni faqat zamon halok qiladi», derlar. Ularning bu haqda ilmlari yo`q. Ular faqat gumon qiladilar, xolos. Al-Jathiyah 45:24 ⧉
Tafsir:
Qayta tirilishni inkor qiladigan kofirlar shunday deydilar: "Shu dunyodagi hayotimizdan boshqa hayot yoʻq. Bir avlod oʻlib, boshqasi tugʻilib, hayot shu taxlit davom etaveradi. Bizni faqat vaqt oʻtishi, kecha va kunduzning almashinib turishi oʻldiradi, xolos". Lekin ularda qayta tirilishni inkor qilishga ilmiy asos yoʻq. Ular faqat gumon-taxmin qiladilar, xolos. Gumon esa hargiz haqiqatning oʻrnini bosa olmas.