Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Jathiyah — Oyat 23 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Jathiyah • Oyat 37 dan 23 • Oʻzbekcha


أَفَرَأَيْتَ مَنِ اتَّخَذَ إِلَٰهَهُ هَوَاهُ وَأَضَلَّهُ اللَّهُ عَلَىٰ عِلْمٍ وَخَتَمَ عَلَىٰ سَمْعِهِ وَقَلْبِهِ وَجَعَلَ عَلَىٰ بَصَرِهِ غِشَاوَةً فَمَنْ يَهْدِيهِ مِنْ بَعْدِ اللَّهِ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ 23
Tarjima:
Ayting-chi, havoyi nafsini iloh qilib olgan, Alloh uni bilib turib zalolatga solgan va qulog`iga hamda qalbiga muhr bosib, ko`ziga parda tortib qo`ygan kimsani Allohdan boshqa kim hidoyat qila oladir?! Eslamaysizlarmi?! Al-Jathiyah 45:23
Tafsir:
Ey Paygʻambar, havoyi nafsiga ergashib, uni xuddi mabuddek koʻradigan kimsaga bir qarang. Alloh uni bilgan holida adashtirib qoʻygan. U oʻzi adashtirilishga loyiq boʻlgan. Uning qulogʻi va qalbini muhrlagan. Endi uning qulogʻiga foydali gaplar kirmaydi. Alloh uning koʻziga parda tortib qoʻygan. Endi u haqni koʻra olmaydi. Alloh adashtirib qoʻyganidan keyin endi unga kim ham tavfiq bera olardi?! Bas, havoyi nafsga ergashishning zararlarini, Allohning shariatiga ergashishning foydalarini koʻrib, ulardan ibrat olmaysizlarmi?
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Jathiyah • Oyat 22 Keyingi Al-Jathiyah • Oyat 24