Va osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. Soat(qiyomat) qoim bo`ladigan kunda, o`sha kunda botilchilar ziyon torturlar. Al-Jathiyah 45:27 ⧉
Tafsir:
Samolar mulki ham, zamin mulki ham Allohnikidir. Undan oʻzga chin mabud yoʻqdir. Qiyomat kuni Alloh murdalarni hisob-kitob qilish va jazo yoki mukofot berish uchun qayta tiriltirganda Allohdan boshqaga bandalik qilgan va haqni nohaqqa, nohaqni esa haqqa chiqarishga uringan botil ahli zararga yoʻliqadi.