Har bir ummatni tiz cho`kkan holida ko`rursan. Har bir ummat o`z nomai a'moliga chaqirilur: «Bugungi kunda qilib yurgan amallaringizning jazosi (ajri)ni olursiz». Josiya 45:28 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, u kunda har bir ummatni tiz choʻkkan holda oʻzini nima qilishlarini kutayotganini koʻrasiz. Har bir ummat ikki yelkasidagi farishtalar yozib borgan nomai amoliga chaqiriladi. Ey odamlar, bu kunda dunyoda qilib oʻtgan yaxshi-yomon amallaringizga yarasha jazo yoki mukofot olursizlar.