Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ahqaf — Oyat 11 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ahqaf • Oyat 35 dan 11 • Oʻzbekcha


وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لِلَّذِينَ آمَنُوا لَوْ كَانَ خَيْرًا مَا سَبَقُونَا إِلَيْهِ ۚ وَإِذْ لَمْ يَهْتَدُوا بِهِ فَسَيَقُولُونَ هَٰذَا إِفْكٌ قَدِيمٌ 11
Tarjima:
Kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Agar u (Qur'on) yaxshilik bo`lganida, unga bizdan avval bormasdilar», dedilar. U(Qur'on)dan hidoyat topishmagach, bu — qadimgi uydirmadir, derlar. Al-Ahqaf 46:11
Tafsir:
Quronga, Paygʻambar alayhissalom olib kelgan risolatga kufr keltirganlar moʻminlarga shunday dedilar: "Agar Muhammad olib kelgan narsa yaxshilikka olib boradigan haq boʻlganida anavi yalangoyoq qashshoqlar va qullar unga bizdan oldin bormagan boʻlardilar". Oʻzlari hidoyat topa olmagach: "Bu eski uydirmadir, biz uydirmalarga ergashadigan odamlar emasmiz", deyishlari tayin.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ahqaf • Oyat 10 Keyingi Al-Ahqaf • Oyat 12