Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ahqof — Oyat 12 (Oʻzbekcha) — Video

Ahqof • Oyat 35 dan 12 • Oʻzbekcha


وَمِنْ قَبْلِهِ كِتَابُ مُوسَىٰ إِمَامًا وَرَحْمَةً ۚ وَهَٰذَا كِتَابٌ مُصَدِّقٌ لِسَانًا عَرَبِيًّا لِيُنْذِرَ الَّذِينَ ظَلَمُوا وَبُشْرَىٰ لِلْمُحْسِنِينَ 12
Tarjima:
U(Qur'on)dan oldin Musoning kitobi yo`l boshlovchi va rahmat edi. Bu (Qur'on) esa, arab tilidagi, tasdiqlovchi, zulm qiluvchilarni ogohlantirish uchun va yaxshilarga bashorat kitobidir. Ahqof 46:12
Tafsir:
Qurondan oldin Tavrot kelgan. Alloh uni Muso alayhissalomga nozil qilgan. U haqqa ergashadiganlar uchun peshvo, Bani Isroil orasidagi unga iymon keltirib, yoʻriqlariga yurgan kishilarga rahmat boʻlgan. Muhammad alayhissalomga nozil qilingan Quron esa oʻzidan oldin kelgan kitoblarni tasdiqlab, kufru masiyatlar ila oʻz joniga jabr qilgan zolimlarni azobdan ogohlantirib, Yaratuvchisi bilan ham, maxluqotlar bilan ham goʻzal aloqada boʻlgan muhsinlarga xushxabar boʻlib, arab tilida kelgan.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ahqof • Oyat 11 Keyingi Ahqof • Oyat 13