Albatta, Alloh iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlarni tagidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Kufr keltirganlar huzur qilurlar va xuddi chorva hayvonlari yegandek yerlar va do`zax ularning joyidir. Muhammad 47:12 ⧉
Tafsir:
Alloh iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarni qasrlarining ostidan daryolar oqib oʻtadigan jannatlarga kiritadi. Allohga va U Zotning paygʻambariga kufr keltirganlar esa dunyoga mukkasidan ketib, koʻngil koʻchasiga yurib, hayvonlar kabi yeb-ichib yuraveradilar. Ularning qorinlari va shahvatlaridan boshqa gʻami boʻlmaydi. Qiyomat kuni esa ularning joyi jahannam boʻladi.