Ko`pgina shaharlar seni chiqargan shaharingdan ko`ra quvvatliroq edi, ularni halok qildik. Bas, ularga nusrat beruvchi yo`qdir. Muhammad 47:13 ⧉
Tafsir:
Sizni chiqarib yuborgan Makka aholisidan koʻra mol-davlat jihatidan ham, bola-chaqa jihatidan ham qudratliroq boʻlgan oʻtmishdagi qancha qishloqni oʻzlariga yuborilgan paygʻambarni yolgʻonchiga chiqarganlari tufayli halok aylaganmiz. Ularni Allohning azobidan qutqarib qoladigan biron madadkor boʻlmagan. Istasak, Makkani ham bir zumda vayron etamiz. Shunday qilish Biz uchun qiyin ish emas.