O`z Robbisidan aniq hujjatga ega bo`lgan shaxs yomon amali o`ziga ziynatli ko`ringan va havoyi nafsiga ergashganlarga o`xshashi mumkinmi?! Muhammad 47:14 ⧉
Tafsir:
Parvardigori tarafidan aniq bir hujjatga ega boʻlib, U Zotga ongli qalb bilan ibodat qiladigan odam yomon ishini shayton chiroyli qilib koʻrsatganiga aldanib, butlarga ibodat qilish, masiyat loyiga botish va paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarishdek manfur ishlarni qiladigan kimsa bilan barobarmi?!