Va ulardan senga quloq osadiganlari bor. Huzuringdan chiqqanlarida esa, ilm berilganlarga: «Hali nima dedi?» – derlar. Ana o`shalar qalblariga Alloh tamg`a bosganlar va havoyi nafslariga ergashganlardir. Muhammad 47:16 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, munofiqlar orasida shunday kimsalar borki, sizga nomiga quloq soladilar. Maqsadlari qabul qilish emas, etiroz bildirish boʻladi. Huzuringizdan chiqqanlarida atayin oʻzlarini bilmaganlikka solib, ilm ato etilgan kishilarga: "Hozir nima dedi?", deya masxaraomiz savol tashlaydilar. Alloh ularning qalblarini muhrlab qoʻygan. Muhrlangan qalblarga yaxshi gap yetib bormaydi. Ular havoyi nafslariga ergashadilar. Havoyi nafs esa har doim haqning yuzini yopib turadi. Uni sal chetroqqa surasiz, keyin haqni koʻrasiz.