Hidoyat topganlarning hidoyatini U zot ziyoda qildi va ularga taqvolarini berdi. Muhammad 47:17 ⧉
Tafsir:
Haq yoʻldan borib, Paygʻambar alayhissalom olib kelgan koʻrsatmalarga amal qilgan zotlarga esa yanada koʻproq hidoyat va ezgulik sari tavfiq ato etur hamda ularning doʻzaxdan saqlaydigan ishlarni qilishlariga ilhom berur.