Bas, bilgin: Allohdan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q, o`zingning, mo`minlarning va mo`minalarning gunohlari mag`firat qilinishini so`ra. Alloh sizlarning kezar joylaringizni ham, borar joylaringizni ham bilur. Muhammad 47:19 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, bilingki, Allohdan oʻzga chin mabud yoʻqdir. Oʻz gunohlaringiz uchun ham, moʻminlar va moʻminalarning gunohlari uchun ham istigʻfor ayting. Alloh kunduzi nimalar qilishingizni ham, kechasi qayerda qoʻnim topishingizni ham biladi. U Zotdan biron narsa yashirin qola olmas.