Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Muhammad — Oyat 20 (Oʻzbekcha) — Video

Muhammad • Oyat 38 dan 20 • Oʻzbekcha


وَيَقُولُ الَّذِينَ آمَنُوا لَوْلَا نُزِّلَتْ سُورَةٌ ۖ فَإِذَا أُنْزِلَتْ سُورَةٌ مُحْكَمَةٌ وَذُكِرَ فِيهَا الْقِتَالُ ۙ رَأَيْتَ الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ يَنْظُرُونَ إِلَيْكَ نَظَرَ الْمَغْشِيِّ عَلَيْهِ مِنَ الْمَوْتِ ۖ فَأَوْلَىٰ لَهُمْ 20
Tarjima:
Va iymon keltirganlar: «Biron sura nozil qilinsa edi», derlar. Vaqtiki, muhkam sura nozil qilinib, unda urush zikr qilinsa, qalblarida kasali borlarning senga xuddi jon berayotganning qarashidek qarayotganini ko`rasan. Muhammad 47:20
Tafsir:
Allohga iymon keltirganlar Alloh bir sura nozil qilib, urush haqida bayon qilishini umid qiladilar. "Alloh bir sura nozil qilib, urushni ham zikr qilsa edi", deydilar. Ey Paygʻambar, Alloh urush haqidagi hamma hukmlarni oʻz ichiga olgan bir aniq sura nozil qilganidan keyin esa qalbida shak-shubhalar oʻrmalab yurgan munofiqlarni koʻrasizki, sizga xuddi qoʻrquv va dahshatdan hushini yoʻqotib qoʻygan odamdek qaraydilar. Alloh ularni ogohlantiradiki, oʻsha qoʻrqayotgan narsalari ularga juda yaqin turibdi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Muhammad • Oyat 19 Keyingi Muhammad • Oyat 21