Ularga toat va yaxshi so`z yaxshiroqdir, bas, ish jiddiylashganda, Allohga sodiq qolsalar, o`zlariga yaxshi bo`lur edi. Muhammad 47:21 ⧉
Tafsir:
Allohning amriga itoat etib, yaxshi gaplarni gapirsalar, oʻzlariga yaxshi boʻlardi. Urush farz qilinib, ish jiddiylashganda esa Allohga iymon keltirish va itoat etish haqidagi gaplarida turib, vadalariga sodiq qolsalar, munofiqlik va Allohning farmonlariga qarshi chiqishdan koʻra oʻzalari uchun yaxshiroq boʻlardi.