Ehtimol, (iymondan) yuz o`girsangiz, yer yuzida fasod qilib, qardoshlik rishtalarini uzarsiz?! Muhammad 47:22 ⧉
Tafsir:
Agar Allohga iymon keltirish va itoat etishdan yuz oʻgirsangizlar, kufru masiyatlar ila yer yuzida buzgʻunchilik qilib, xuddi johiliyatda boʻlganidek, qarindoshlik rishtalarini uzib yuborishingiz ham hech gap emas.