Iymon keltirgan, solih amallarni qilgan va Muhammadga nozil qilingan narsa(Qur'on)ga — holbuki u (Qur'on) Robbilaridan kelgan haqdir — iymon keltirganlarning ayblarini berkitar va ahvollarini yaxshilar. Muhammad 47:2 ⧉
Tafsir:
Allohga iymon keltirib, yaxshi ishlarni qilgan hamda Alloh Muhammad alayhissalomga nozil qilgan Parvardigorlari tarafidan yuborilgan haq boʻlmish risolatga iymon keltirgan zotlarning gunohlarini oʻchirib, jazoga tortmas va dunyoviy ishlarini ham, uxroviy ishlarini ham oʻnglar.