Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Muhammad — Oyat 3 (Oʻzbekcha) — Video

Muhammad • Oyat 38 dan 3 • Oʻzbekcha


ذَٰلِكَ بِأَنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا اتَّبَعُوا الْبَاطِلَ وَأَنَّ الَّذِينَ آمَنُوا اتَّبَعُوا الْحَقَّ مِنْ رَبِّهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ يَضْرِبُ اللَّهُ لِلنَّاسِ أَمْثَالَهُمْ 3
Tarjima:
Undoq bo`lishiga, albatta, kufr keltirganlarning botilga ergashganlari va iymon keltirganlarning Robbilaridan bo`lgan haqqa ergashganliklari sababdir. Alloh kishilarga o`zlarining misollarini shunday keltirar. Muhammad 47:3
Tafsir:
Biriga mukofot, yana biriga jazo berilishining sababi shuki, Allohga kufr keltirgan kimsalar botilga ergashdilar. Allohga va paygʻambariga iymon keltirgan zotlar esa Parvardigorlari tarafidan kelgan haqqa ergashdilar. Bu ikki guruhning, yani, moʻminlar va kofirlar guruhining hukmini Alloh bayon qilib qoʻygan. Ularning qilgan ishlari turlicha boʻlgani uchun oqibati ham turlicha boʻladi. Biri mukofot olsa, boshqasi jazolanadi. Xullas, har kim ekkanini oʻradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Muhammad • Oyat 2 Keyingi Muhammad • Oyat 4