Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Fath — Oyat 11 (Oʻzbekcha) — Video

Fath • Oyat 29 dan 11 • Oʻzbekcha


سَيَقُولُ لَكَ الْمُخَلَّفُونَ مِنَ الْأَعْرَابِ شَغَلَتْنَا أَمْوَالُنَا وَأَهْلُونَا فَاسْتَغْفِرْ لَنَا ۚ يَقُولُونَ بِأَلْسِنَتِهِمْ مَا لَيْسَ فِي قُلُوبِهِمْ ۚ قُلْ فَمَنْ يَمْلِكُ لَكُمْ مِنَ اللَّهِ شَيْئًا إِنْ أَرَادَ بِكُمْ ضَرًّا أَوْ أَرَادَ بِكُمْ نَفْعًا ۚ بَلْ كَانَ اللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا 11
Tarjima:
Ortda qolgan a'robiylar senga: «Molimiz va ahlimiz bizni mashg`ul qildi, bizga istig`for ayt», deyishar. Ular qalblarida yo`q narsani tillari ila ayturlar. Sen: «Agar Alloh sizga zararni iroda qilsa yoki sizga manfaatni iroda qilsa, kim sizlarni Allohdan (keladigan) biror narsadan (to`sishga) molik bo`ladir? Ta'kidki, Alloh qilgan amallaringizdan xabardordir», deb ayt. Fath 48:11
Tafsir:
Ey Paygʻambar, arobiylar orasidagi siz bilan Makka safarida hamroh boʻlmasdan ortda qolganlarini koyib bergan paytingizda ular: "Mol-dunyolarimiz va bola-chaqalarimiz bilan ovora boʻlib, sen bilan bora olmay qoldik. Gunohlarimiz uchun bizning haqimizga Allohdan magʻfirat soʻragin", deydilar. Paygʻambar alayhissalomning magʻfirat soʻrashini aslida istamaydilar. Tillari bilan dillarida yoʻq narsani soʻraydilar. Chunki ular gunohlariga tavba qilmaydilar. Ularga ayting: "Alloh sizlarga biron yaxshilikni istaydimi yoki biron yomonlikni istaydimi, biron odam sizlar uchun Allohning istagini toʻxtatib qola olmaydi. Aksincha, Alloh sizlar qilayotgan hamma ishlardan Xabardordir. Har qancha maxfiy qilishga urinmanglar, biron narsa U Zotdan yashirin qolmaydi".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Fath • Oyat 10 Keyingi Fath • Oyat 12