Balki sizlar, Rasul va mo`minlar abadiy o`z ahllariga qaytib kelmaslar, deb gumon qildingiz va bu narsa qalbingizda ziynatlandi, yomon gumon qildingiz va yomon qavm bo`ldingiz. Al-Fath 48:12 ⧉
Tafsir:
Bu bir bahona, xolos. Sizlar mol-dunyolariningiz va bola-chaqalaringiz bilan ovora boʻlib qolmagansizlar, balki Paygʻambar va uning sahobalari hammasi oʻlib ketadi, Madinaga qaytib kelmaydi, deb oʻylagansizlar va Shayton bu oʻyinni qalbingizga chiroyli qilib koʻrsatgan. Sizlar Alloh paygʻambarini qoʻllab-quvvatlamaydi, deb oʻylab, Parvardigoringiz haqida juda yomon gumonga borgansizlar. Xullas, Alloh haqida yomon gumonga borganingiz va paygʻambariga hamroh boʻlmaganingiz sababli sizlar halokatga loyiq yomon qavm boʻldingiz.