Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. Kimni xohlasa, mag`firat qilar va kimni xohlasa, azoblar. Va Alloh kechiruvchi, rahimli Zotdir. Al-Fath 48:14 ⧉
Tafsir:
Osmonlaru yerning mulki yolgʻiz Allohnikidir. Xohlagan bandasini Oʻz fazli ila magʻfirat qilib, jannatga kiritadi. Xohlagan bandasini Oʻz adli ila azoblaydi. Alloh tavba qilgan bandalari uchun Magʻfiratli va ularga Mehribon Zotdir.