Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Fath — Oyat 15 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Fath • Oyat 29 dan 15 • Oʻzbekcha


سَيَقُولُ الْمُخَلَّفُونَ إِذَا انْطَلَقْتُمْ إِلَىٰ مَغَانِمَ لِتَأْخُذُوهَا ذَرُونَا نَتَّبِعْكُمْ ۖ يُرِيدُونَ أَنْ يُبَدِّلُوا كَلَامَ اللَّهِ ۚ قُلْ لَنْ تَتَّبِعُونَا كَذَٰلِكُمْ قَالَ اللَّهُ مِنْ قَبْلُ ۖ فَسَيَقُولُونَ بَلْ تَحْسُدُونَنَا ۚ بَلْ كَانُوا لَا يَفْقَهُونَ إِلَّا قَلِيلًا 15
Tarjima:
O`ljalar tomon, ularni olish uchun yurganingizda ortda qolganlar: «Qo`yib bering, biz ham sizga ergashurmiz», deyishar. Allohning kalomini o`zgartirmoqchi bo`lishar. Ayt: «Hech-hech bizga ergashmaysiz, ushbuni Alloh avval aytgan». Ular: «Balki, hasad qilayotgandirsizlar», deyishar. Yo`q, ular ozgina narsadan boshqa narsani anglamaslar. Al-Fath 48:15
Tafsir:
Ey moʻminlar, sizlar Alloh vada qilgan Hudaybiya sulhidan keyingi Xaybardan tushgan oʻljalarni olish uchun borayotganingizda ortda qolganlar: "Biz ham sizlar bilan chiqib, oʻz nasibamizni olaylik", deydilar. Ular shu talablari bilan Allohning moʻminlarga Hudaybiya sulhidan keyingi Xaybar oʻljalarini vada qilgani haqidagi gapini oʻzgartirmoqchi boʻladilar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Bu oʻljalarni olish uchun hargiz biz bilan birga bormaysizlar. Alloh Xaybar oʻljalari Hudaybiyada qatnashganlar uchungina boʻlishini vada qilgan". Shunda ular: "Alloh tarafidan boʻlgan buyruq sababli emas, bizga hasad qilganingizdan shunday qilyapsizlar, Xaybarga borishimizni taqiqlayapsizlar", deydilar. Yoʻq, ular Allohning buyruqlarini ham, taqiqlarini ham juda kam anglaydilar. Shuning uchun gunoh qilaveradilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Fath • Oyat 14 Keyingi Al-Fath • Oyat 16