Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Fath — Oyat 26 (Oʻzbekcha) — Video

Fath • Oyat 29 dan 26 • Oʻzbekcha


إِذْ جَعَلَ الَّذِينَ كَفَرُوا فِي قُلُوبِهِمُ الْحَمِيَّةَ حَمِيَّةَ الْجَاهِلِيَّةِ فَأَنْزَلَ اللَّهُ سَكِينَتَهُ عَلَىٰ رَسُولِهِ وَعَلَى الْمُؤْمِنِينَ وَأَلْزَمَهُمْ كَلِمَةَ التَّقْوَىٰ وَكَانُوا أَحَقَّ بِهَا وَأَهْلَهَا ۚ وَكَانَ اللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمًا 26
Tarjima:
Esla! Kufr keltirganlar qalblarida «hamiyyat»ni, «johiliyat hamiyyati»ni joylaganlarida, Alloh O`z sokinligini Payg`ambariga va mo`minlarga tushirdi va ularga taqvo kalimasini lozim ko`rdi, ular ushbuga haqli va ahl edilar. Va Alloh har bir narsani biluvchidir. Fath 48:26
Tafsir:
Oʻshanda Allohga va Rasuliga kufr keltirganlar qalblariga haqiqat emas, havoyi nafs rishtasi bilan bogʻlanadigan johiliyat hamiyatini joylab oldilar-da, Hudaybiya yili Paygʻambar alayhissalomning Makkaga kirishlariga qarshilik qildilar. U Zotning Makkaga kirib borishlari oʻzlarining magʻlubiyatini anglatishidan xavfsiradilar. Bas, Alloh Oʻzining huzuridan Paygʻambar alayhissalom va moʻminlarga bir xotirjamlik, orom indirdi. Shu bilan ular mushriklarga qarshi qahr, gʻazab bilan emas, xotirjamlik, bosiqlik bilan turdilar. Alloh moʻminlarga haq kalimasini, "Allohdan oʻzga iloh yoʻq", degan taqvo kalimasini lozim qildi. Uning haqqini ado qilishga buyurdi va ular ado qildilar. Bu kalimaga boshqalardan koʻra moʻminlar haqliroq, loyiqroq edilar. Chunki Alloh ularning qalblarida ezgulik borligini bildi. Alloh har bir narsani Bilguvchi boʻlgan Zotdir. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Fath • Oyat 25 Keyingi Fath • Oyat 27