Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Fath — Oyat 27 (Oʻzbekcha) — Video

Fath • Oyat 29 dan 27 • Oʻzbekcha


لَقَدْ صَدَقَ اللَّهُ رَسُولَهُ الرُّؤْيَا بِالْحَقِّ ۖ لَتَدْخُلُنَّ الْمَسْجِدَ الْحَرَامَ إِنْ شَاءَ اللَّهُ آمِنِينَ مُحَلِّقِينَ رُءُوسَكُمْ وَمُقَصِّرِينَ لَا تَخَافُونَ ۖ فَعَلِمَ مَا لَمْ تَعْلَمُوا فَجَعَلَ مِنْ دُونِ ذَٰلِكَ فَتْحًا قَرِيبًا 27
Tarjima:
Batahqiq, Alloh Rasulining tushini haq ila tasdiqladi, albatta, Masjidul Haromga, inshoalloh, omonlikda, sochlaringiz olingan, qisqartirilgan holda, qo`rqmasdan kirasizlar. Bas, U siz bilmagan narsani biladi va sizlarga bundan boshqa yaqin fathni qildi. Fath 48:27
Tafsir:
Alloh Rasuliga tushini haq ila rost ayladi. Paygʻambar alayhissalom tushida sahobalari bilan birga Masjidul-Haromga dushmandan xavfsiramasdan kirib borgandi. Ulardan ayrimlari sochlarini toʻla oldirgan boʻlsalar, boshqalari qisqartirgan edilar. Bas, ey moʻminlar, sizlarga nima foydali boʻlishini oʻzlaringiz emas, Alloh bildi. Shunga koʻra, Makkaga kirib borish haqidagi shu tush roʻyobga chiqishidan oldin boshqa bir zafarni, yani, Hudaybiya sulhi va undan keyingi Xaybar fathini amalga oshirdi. Xaybar Hudaybiyada qatnashgan moʻminlar qoʻli bilan fath etildi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Fath • Oyat 26 Keyingi Fath • Oyat 28