Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Hujurot — Oyat 11 (Oʻzbekcha) — Video

Hujurot • Oyat 18 dan 11 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا يَسْخَرْ قَوْمٌ مِنْ قَوْمٍ عَسَىٰ أَنْ يَكُونُوا خَيْرًا مِنْهُمْ وَلَا نِسَاءٌ مِنْ نِسَاءٍ عَسَىٰ أَنْ يَكُنَّ خَيْرًا مِنْهُنَّ ۖ وَلَا تَلْمِزُوا أَنْفُسَكُمْ وَلَا تَنَابَزُوا بِالْأَلْقَابِ ۖ بِئْسَ الِاسْمُ الْفُسُوقُ بَعْدَ الْإِيمَانِ ۚ وَمَنْ لَمْ يَتُبْ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ 11
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Bir qavm boshqasini masxara qilmasin, ehtimol, ular bulardan yaxshiroqdir. Va ayollar ham boshqa ayollarni (masxara qilmasin), ehtimol, ular bulardan yaxshiroqdir. Va o`zingizni o`zingiz mazax qilmang, bir-biringizga laqab qo`ymang. Iymondan keyin fosiqlik ismi naqadar yomon! Va kim tavba qilmasa, bas, ana o`shalar, o`zlari zolimlardir. Hujurot 49:11
Tafsir:
Ey Allohga iymon keltirib, shariatiga amal qiladiganlar, orangizdagi bir qavm boshqa qavm ustidan kulmasin, masxara qilmasin. Ehtimol oʻsha masxara qilinayotgan qavm Allohning nazdida ulardan koʻra yaxshiroqdir. Ayrim ayollar ham boshqa ayollarni masxara qilmasinlar. Ehtimol oʻsha masxara qilinayotgan ayollar ulardan koʻra yaxshiroqdirlar. Birodaringizni ayblasangiz, oʻzingizni ayblagandek boʻlasiz. Bir-biringizga laqab qoʻymanglar. Paygʻambar alayhissalom kelishlaridan oldin ayrim ansorlar shunday qilgandilar. Kim shu ishni qilsa, u fosiqdir. Iymonga musharraf boʻlgandan keyin fosiq nomini olish naqadar yomon! Kim bu gunohlardan tavba qilmasa, ana oʻshalar oʻz joniga jabr qilgan zolimlardir. Chunki ular gunohlar qilib, oʻzlarini oʻzlari halokat chohiga otmoqdalar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Hujurot • Oyat 10 Keyingi Hujurot • Oyat 12