Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Hujurat — Oyat 12 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Hujurat • Oyat 18 dan 12 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيرًا مِنَ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ ۖ وَلَا تَجَسَّسُوا وَلَا يَغْتَبْ بَعْضُكُمْ بَعْضًا ۚ أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَنْ يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ ۚ وَاتَّقُوا اللَّهَ ۚ إِنَّ اللَّهَ تَوَّابٌ رَحِيمٌ 12
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Ko`p gumonlardan chetda bo`linglar, chunki ba'zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Ba'zilaringiz ba'zilaringizni g`iybat qilmanglar. Sizlardan birortalaringiz o`zining o`lgan birodarining go`shtini yeyishni yaxshi ko`rurmi? Ha, yomon ko`rasizlar. Allohdan qo`rqinglar! Albatta, Alloh tavbani ko`p qabul qiluvchi va rahimlidir. Al-Hujurat 49:12
Tafsir:
Ey Allohga iymon keltirib, shariatiga amal qiladiganlar, oʻz isbotini topmagan tuhmatlardan, asossiz gumonlardan yiroq boʻlinglar. Ayrim gumonlar gunohdir. Zohiran yaxshidek koʻringan ish haqida yomon gumon qilish shular jumlasidandir. Moʻminlarni kavlashtirib, ulardan ayb qidirmanglar. Birovingiz yana birovingizni gʻiybat qilmasin, yani, u haqda oʻzi yoqtirmaydigan gapni aytmasin. Birovni gʻiybat qilish oʻligining goʻshtini yeyish bilan barobar. Qaysi biringiz oʻlgan birodarining goʻshtini yeyishni istaydi?! Shunday ekan, oʻlgan birodaringizning goʻshtini yeyishdan qanchalik jirkansangiz, uni gʻiybat qilishdan ham shunchalik jirkaninglar. Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilinglar. Alloh tavba qilgan bandalarining tavbasini qabul qiladigan va ularga Mehribon Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Hujurat • Oyat 11 Keyingi Al-Hujurat • Oyat 13