Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Hujurat — Oyat 13 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Hujurat • Oyat 18 dan 13 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَأُنْثَىٰ وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا ۚ إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ 13
Tarjima:
Ey odamlar! Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni o`zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo`ydik. Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor Zotdir. Al-Hujurat 49:13
Tafsir:
Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan, yani, otangiz Odam va onangiz Havvodan yaratdik. Demak, hammangiz bir nasabdansiz. Shunday ekan, hech kim nasab bilan faxrlanib, oʻzini boshqalardan ustun qoʻymasin. Oʻzingizni boshqalardan yuqori qoʻyishingiz uchun emas, bir-biringiz bilan tanishib, yaqin boʻlib yurishingiz uchun sizlarni turli xil xalqlar, elatlar qilib qoʻydik. Zero, odam odamdan faqat taqvosi bilangina farq qiladi. Allohning nazdida eng hurmatga loyigʻingiz eng taqvodoringizdir. Alloh hamma ahvolingizni bilib, qaysi ishni toʻla va qaysi ishni chala qilib yurganingizdan xabardor boʻlib turadi. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Hujurat • Oyat 12 Keyingi Al-Hujurat • Oyat 14