Sen: «Allohga diningizni bildirmoqchimisiz? Va holbuki, Alloh osmonlaru yerdagi narsani biluvchi Zotdir. Alloh har bir narsani biluvchidir», deb ayt. Al-Hujurat 49:16 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi arobiylarga ayting: "Allohga dininglarni bildirib, sezdirib qoʻymoqchimisizlar? Holbuki, Alloh osmonlardagi narsalarni ham, yerdagi narsalarni ham biladi. Alloh hamma narsani Bilguvchidir. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmas. U Zot bildirib qoʻyishinglarga muhtoj emas.