Albatta, haqiqiy mo`minlar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirgan, so`ngra shubha qilmagan va Allohning yo`lida mollari va jonlari ila jihod qilganlardir. Ana o`shalar, o`shalargina (iymonida) sodiqlardir. Hujurot 49:15 ⧉
Tafsir:
Allohga va Rasuliga iymon keltirgan, keyin iymonlariga shubha oralamagan hamda oʻz mollari va jonlari bilan Alloh yoʻlida jihod qilgan zotlar chin moʻminlardir. Mana shu sifatlarga ega boʻlganlar iymoniga sodiqlardir.