Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ma'idah — Oyat 105 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ma'idah • Oyat 120 dan 105 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا عَلَيْكُمْ أَنْفُسَكُمْ ۖ لَا يَضُرُّكُمْ مَنْ ضَلَّ إِذَا اهْتَدَيْتُمْ ۚ إِلَى اللَّهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًا فَيُنَبِّئُكُمْ بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ 105
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! O`zingizni biling. Agar hidoyatda bo`lsangiz, adashganlari sizga zarar qilmas. Hammangizning qaytib boradigan joyingiz Allohning huzurida. O`shanda sizga qilib yurgan ishlaringizning xabarini beradir. Al-Ma'idah 5:105
Tafsir:
Ey iymon keltirganlar, oʻzingizga qarangiz va oʻzingizni oʻnglab olingiz. Agar oʻzingiz hidoyatda boʻlsangiz, soʻzingizga quloq solmaganlar va yoʻldan ozganlar sizga zarar qila olmaydi. Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarishingiz hidoyatda ekaningizning bir nishonasidir. Qiyomat kunida borar joyingiz yolgʻiz Allohgadir. Oʻshanda bu dunyoda qilgan amallaringizni oʻzingizga aytib-koʻrsatib, oʻshanga yarasha jazo yoki mukofotingizni beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ma'idah • Oyat 104 Keyingi Al-Ma'idah • Oyat 106