Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ma'idah — Oyat 106 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ma'idah • Oyat 120 dan 106 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا شَهَادَةُ بَيْنِكُمْ إِذَا حَضَرَ أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ حِينَ الْوَصِيَّةِ اثْنَانِ ذَوَا عَدْلٍ مِنْكُمْ أَوْ آخَرَانِ مِنْ غَيْرِكُمْ إِنْ أَنْتُمْ ضَرَبْتُمْ فِي الْأَرْضِ فَأَصَابَتْكُمْ مُصِيبَةُ الْمَوْتِ ۚ تَحْبِسُونَهُمَا مِنْ بَعْدِ الصَّلَاةِ فَيُقْسِمَانِ بِاللَّهِ إِنِ ارْتَبْتُمْ لَا نَشْتَرِي بِهِ ثَمَنًا وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰ ۙ وَلَا نَكْتُمُ شَهَادَةَ اللَّهِ إِنَّا إِذًا لَمِنَ الْآثِمِينَ 106
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Birortangizga o`lim kelganda — vasiyat qilar chog`ida o`zingizdan bo`lgan ikki adolatli kishi, agar yer yuzida safardalik chog`ingizda o`lim musiybati yetsa, o`zgalardan ikki kishi o`rtangizda guvoh bo`lsin. Agar shubha qilsangiz, guvohlarni namozdan keyin tutasiz va ular: «Garchi qarindoshimiz uchun bo`lsa ham, qasamni ozgina qiymatga sotmasmiz va Alloh uchun guvohligimizni yashirmasmiz. Zotan, u holda, albatta, gunohkorlardan bo`lib qolamiz», deb Alloh nomi ila qasam icharlar. Al-Ma'idah 5:106
Tafsir:
Ey iymon keltirganlar, birortangizga oʻlim alomatlari koʻrinib, ajali yaqinlashib qolayotganini sezsa, qilayotgan vasiyatiga ikki odil musulmonni guvoh qilsin. Musulmon topilmasa, ikki kofir kishi ham boʻlaveradi. Musofirlikda oʻlim topib, guvohlik borasida shubha paydo boʻlib qolsa, biron namozdan keyin ikki guvohni toʻxtatinglar-da, ular shunday qasam ichsin: "Alloh tarafidan oʻzimga beriladigan nasibani hech qanday evazga sotmayman, oʻzimga yaqin odamning tarafini olmayman, Alloh uchun boʻlgan guvohligimni yashirmayman, shu aytganlarimni bajarmasam, Allohga gunoh qiladigan osiylar safidan joy olishim muqarrar!"
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ma'idah • Oyat 105 Keyingi Al-Ma'idah • Oyat 107