Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Moida — Oyat 107 (Oʻzbekcha) — Video

Moida • Oyat 120 dan 107 • Oʻzbekcha


فَإِنْ عُثِرَ عَلَىٰ أَنَّهُمَا اسْتَحَقَّا إِثْمًا فَآخَرَانِ يَقُومَانِ مَقَامَهُمَا مِنَ الَّذِينَ اسْتَحَقَّ عَلَيْهِمُ الْأَوْلَيَانِ فَيُقْسِمَانِ بِاللَّهِ لَشَهَادَتُنَا أَحَقُّ مِنْ شَهَادَتِهِمَا وَمَا اعْتَدَيْنَا إِنَّا إِذًا لَمِنَ الظَّالِمِينَ 107
Tarjima:
Agar ikkovlarining gunohlari bilinib qolsa, o`rinlariga ustilariga nohaqlik tushgan yaqinlardan ikkitalari o`turlar va Alloh ila qasam ichib: «Bizning guvohligimiz ularning guvohliklaridan to`g`riroq va biz tajovuz qilmadik. Agar qilgan bo`lsak, albatta, zolimlardan bo`lurmiz», deyishadi. Moida 5:107
Tafsir:
Ular ichgan qasamlar yoki ular bergan guvohliklarning yolgʻonligi ochilib qolsa, xiyonatlari fosh boʻlsa, ularning oʻrnini bosadigan boshqa ikki kishi guvohlik bersin. Bu ikki kishi mayyitga yaqin kishilar boʻlib: «Bizning bergan guvohligimiz ularning guvohligidan toʻgʻriroq va biz haddimizdan oshib, yolgʻon guvohlik berayotganimiz yoʻq. Yolgʻon guvohlik beradigan boʻlsak, hech shak-shubhasiz, haddidan oshgan zolimlardan boʻlib qolamiz», deb Alloh nomiga qasam ichadilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Moida • Oyat 106 Keyingi Moida • Oyat 108