Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Moida — Oyat 108 (Oʻzbekcha) — Video

Moida • Oyat 120 dan 108 • Oʻzbekcha


ذَٰلِكَ أَدْنَىٰ أَنْ يَأْتُوا بِالشَّهَادَةِ عَلَىٰ وَجْهِهَا أَوْ يَخَافُوا أَنْ تُرَدَّ أَيْمَانٌ بَعْدَ أَيْمَانِهِمْ ۗ وَاتَّقُوا اللَّهَ وَاسْمَعُوا ۗ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الْفَاسِقِينَ 108
Tarjima:
Ana shunday qilmoqlik, guvohlikni haqqoniy ado etishlariga yoki qasamlaridan so`ng raddiya qasam bo`lishidan qo`rqishlariga yaqinroqdir. Allohga taqvo qilinglar va quloq osinglar. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas. Moida 5:108
Tafsir:
Ularning guvohligiga shubha tugʻilib qolgan paytda mana shu ikki guvohning namozdan keyingi qasami ularning guvohlikni shariy tarzda ado etishlariga yaqinlashtiradi. Natijada ular guvohlikni oʻzgartirmaydilar va unga xiyonat qilmaydilar. Ayni paytda merosxoʻrlarning oʻzlariga qarshi qasam ichib qolishlaridan va oqibatda sharmanda boʻlishlaridan xavfsiratadi. Shunday ekan, Allohdan taqvo qilib, guvohlik berishda ham, qasam ichishda ham yolgʻon soʻzlamangiz va xiyonat qilmangiz. Farmonlarni qabul boʻladigan tarzda ado etingiz. Alloh itoatsizlarga tavfiq bermas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Moida • Oyat 107 Keyingi Moida • Oyat 109