Alloh Payg`ambarlarni jamlagan kunda: «Sizga qanday javob qilindi?» – deb so`raydir. Ular: «Biz bilmaymiz, albatta, Sening O`zinggina g`ayblarni yaxshi bilguvchisan», derlar. Moida 5:109 ⧉
Tafsir:
Ey odamlar, Qiyomatni eslanglar. U kunda Alloh hamma paygʻambarlarni toʻplab: "Ummatlaringiz sizlarning davatingizga qanday javob berdi", deb soʻraydi. Shunda ular javobni Allohning Oʻziga topshirib: "Parvardigoro, biz bilmaymiz, hamma bilim Senda, gʻayb ishlarini yolgʻiz Oʻzing bilasan", deydilar.