Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Moida — Oyat 15 (Oʻzbekcha) — Video

Moida • Oyat 120 dan 15 • Oʻzbekcha


يَا أَهْلَ الْكِتَابِ قَدْ جَاءَكُمْ رَسُولُنَا يُبَيِّنُ لَكُمْ كَثِيرًا مِمَّا كُنْتُمْ تُخْفُونَ مِنَ الْكِتَابِ وَيَعْفُو عَنْ كَثِيرٍ ۚ قَدْ جَاءَكُمْ مِنَ اللَّهِ نُورٌ وَكِتَابٌ مُبِينٌ 15
Tarjima:
Ey, ahli kitoblar! Batahqiq, sizlarga Payg`ambarimiz keldi. U, sizga kitobdan berkitib yurgan ko`pgina narsalaringizni bayon qilib berur. Ko`pginasini esa, afv qilur. Batahqiq, sizlarga Allohdan nur va oydin Kitob keldi. Moida 5:15
Tafsir:
Ey ahli kitob, Tavrot ahli yahudiylar va Injil ahli nasroniylar, sizlarga elchimiz Muhammad alayhissalom oʻzingizga nozil qilingan kitobdan koʻpgina yashirganlaringizni ochiqlab, bayon qilib, koʻpgina sizlarni sharmanda qilishdan boshqa manfaati boʻlmagan joylarini esa afv etib, tark etib keldi. Sizlarga Quron Alloh tarafidan bir kitob boʻlib keldi. U atrofni yorituvchi bir nur va odamlarga dunyoviy ishlarida ham, uxroviy ishlarida ham zarur boʻlgan bir ochiq kitob, qoʻllanmadir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Moida • Oyat 14 Keyingi Moida • Oyat 16