Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ma'idah — Oyat 18 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ma'idah • Oyat 120 dan 18 • Oʻzbekcha


وَقَالَتِ الْيَهُودُ وَالنَّصَارَىٰ نَحْنُ أَبْنَاءُ اللَّهِ وَأَحِبَّاؤُهُ ۚ قُلْ فَلِمَ يُعَذِّبُكُمْ بِذُنُوبِكُمْ ۖ بَلْ أَنْتُمْ بَشَرٌ مِمَّنْ خَلَقَ ۚ يَغْفِرُ لِمَنْ يَشَاءُ وَيُعَذِّبُ مَنْ يَشَاءُ ۚ وَلِلَّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ۖ وَإِلَيْهِ الْمَصِيرُ 18
Tarjima:
Yahudiy va nasorolar: «Biz Allohning o`g`illarimiz va Uning mahbublarimiz», – dedilar. Ularga: «Unday bo`lsa, nimaga U sizlarni gunohlaringiz tufayli azoblaydir? Balki, sizlar U yaratgan bashardirsizlar. U kimni xohlasa, mag`firat qiladi. Kimni xohlasa, azoblaydir. Osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalar Allohnikidir. Qaytib borish faqat Uning O`zigadir», – deb ayt. Al-Ma'idah 5:18
Tafsir:
Yahudiylar ham, nasroniylar ham oʻzlarini Allohning bolalari va sevimli bandalari deb davo qildilar. Ey Paygʻambar alayhissalom aytingki, u holda nega Alloh qilgan gunohingiz tufayli sizlarni azoblaydi? Agar davoyinglar rost boʻlib, haqiqatan Allohning sevimli bandalari boʻlganingizda sizlarga bu dunyoda oʻlim va hayvonga aylantirib qoʻyish, oxiratda esa doʻzaxga solish kabi jazolarni bermagan boʻlardi-ku! Chunki U Zot Oʻzi yaxshi koʻrgan odamini azoblamaydi. Shundan koʻrinib turibdiki, sizlar ham xuddi boshqa odamlarga oʻxshagan odamsizlar. Kim boʻlishidan qati nazar, Alloh yaxshilik qilganlarni jannat bilan mukofotlasa, yomonlik qilganlarni doʻzax bilan azoblaydi. Alloh Oʻz fazli ila Oʻzi istagan odamini magʻfirat qiladi, istagan odamini Oʻz adli ila azoblaydi. Osmonlaru yer va ular orasidaga hamma-hamma narsalar yolgʻiz Allohning mulkidir. Qaytib borar joy ham yolgʻiz Ungadir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ma'idah • Oyat 17 Keyingi Al-Ma'idah • Oyat 19