Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Moida — Oyat 19 (Oʻzbekcha) — Video

Moida • Oyat 120 dan 19 • Oʻzbekcha


يَا أَهْلَ الْكِتَابِ قَدْ جَاءَكُمْ رَسُولُنَا يُبَيِّنُ لَكُمْ عَلَىٰ فَتْرَةٍ مِنَ الرُّسُلِ أَنْ تَقُولُوا مَا جَاءَنَا مِنْ بَشِيرٍ وَلَا نَذِيرٍ ۖ فَقَدْ جَاءَكُمْ بَشِيرٌ وَنَذِيرٌ ۗ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 19
Tarjima:
Ey, ahli kitoblar! Batahqiq, sizlarga Payg`ambarimiz keldi. U sizlarga Payg`ambarlardan bo`sh davrda (dinni) bayon qiladir. Bizga bashorat berguvchi ham, ogohlantirguvchi ham kelmagan, demasligingiz uchun. Bas, batahqiq, sizlarga bashorat berguvchi ham, ogohlantirguvchi ham keldi. Va Alloh har bir narsaga qodirdir. Moida 5:19
Tafsir:
Ey ahli kitob - yahudiy va nasroniylar, oldingi paygʻambarlardan uzilish boʻlib, yangi bir risolat kelishiga juda qattiq ehtiyoj tugʻilgan bir davrda sizlarga Muhammad alayhissalom paygʻambar boʻlib keldi. Toki, bizga Allohning savobi haqida xushxabar eltadigan, azobidan esa ogohlantiradigan bir paygʻambar kelmagan edi-da, deya uzr aytolmay qolinglar. Sizlarga Muhammad alayhissalom Allohning savobi haqida xushxabar beruvchi, azobidan esa ogohlantiruvchi boʻlib keldi. Alloh har narsaga Qodirdir. Uning qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq. Paygʻambarlarni va ularning xotami Muhammad alayhissalomni yuborishi ham qudratining bir koʻrinishidir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Moida • Oyat 18 Keyingi Moida • Oyat 20