U: «Ey Robbim, albatta, men o`zim va birodarimdan boshqaga ega emasman. O`zing biz bilan fosiq qavmning orasini ajratgin», – dedi. Moida 5:25 ⧉
Tafsir:
Muso Parvardigoriga shunday dedi: "Parvardigoro, oʻzim bilan birodarim Horundan boshqaga soʻzim oʻtmaydi. Biz bilan Senga va paygʻambaringga itoat qilmagan qavmning orasini ajratgin".