U: «Albatta, bu yer ularga qirq yilgacha haromdir. Ular yer yuzida hayron bo`lib yurarlar. Fosiq qavmlar uchun xafa bo`lma», – dedi. Al-Ma'idah 5:26 ⧉
Tafsir:
Alloh paygʻambari Muso alayhissalomga dedi: "Alloh Bani Isroilga bu muqaddas yerga qirq yilgacha kirishni harom qildi. Bu muddat orasida ular sahrolarda yoʻl topa olmasdan sarson-sargardon yuradilar. Ey Muso, Allohga itoat etishdan bosh tortgan bu qavmdan xafa boʻlma, afsus qilma. Zero, ularga berilayotgan azob gunohlari tufayli boʻlyapti.