Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Moida — Oyat 27 (Oʻzbekcha) — Video

Moida • Oyat 120 dan 27 • Oʻzbekcha


وَاتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ ابْنَيْ آدَمَ بِالْحَقِّ إِذْ قَرَّبَا قُرْبَانًا فَتُقُبِّلَ مِنْ أَحَدِهِمَا وَلَمْ يُتَقَبَّلْ مِنَ الْآخَرِ قَالَ لَأَقْتُلَنَّكَ ۖ قَالَ إِنَّمَا يَتَقَبَّلُ اللَّهُ مِنَ الْمُتَّقِينَ 27
Tarjima:
Ularga Odamning ikki o`g`li xabarini haq ila tilovat qilib ber. Ikkovlari qurbonlik qilganlarida, birlaridan qabul qilindi, boshqasidan qabul qilinmadi. U: «Albatta, men seni o`ldirajakman», – dedi. Birisi: «Albatta, Alloh taqvodorlardangina qabul qiladir. Moida 5:27
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, oʻsha zolim hasadgoʻy yahudiylarga Odam alayhissalomning ikki oʻgʻli Qobil va Hobil haqidagi qissani haqqirost aytib bering. Allohga yaqin boʻlish uchun qurbonlik qilganlarida Alloh Hobilning qurbonligini qabul qildi. Chunki taqvodor edi. Qobilning qurbonligini esa qabul qilmadi. Negaki, u taqvodor emasdi. Qobil hasad qilib: "Ey Hobil, men seni aniq oʻldiraman", dedi. Shunda Hobil: "Alloh Undan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qiladigan zotlarninggina qurbonliklarini qabul qiladi", deb javob bergandi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Moida • Oyat 26 Keyingi Moida • Oyat 28