Agar sen meni o`ldirish uchun qo`l ko`tarsang, men seni o`ldirish uchun qo`l ko`tarmasman. Men, albatta, olamlarning Robbi Allohdan qo`rqaman. Al-Ma'idah 5:28 ⧉
Tafsir:
Meni oʻldirish uchun qoʻl koʻtarsang, shu ishingga yarasha javob qaytarmayman. Sendan qoʻrqqanimdan emas, hamma maxluqotlarning parvardigori Allohdan qoʻrqqanim uchun shunday qilaman.