Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ma'idah — Oyat 61 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ma'idah • Oyat 120 dan 61 • Oʻzbekcha


وَإِذَا جَاءُوكُمْ قَالُوا آمَنَّا وَقَدْ دَخَلُوا بِالْكُفْرِ وَهُمْ قَدْ خَرَجُوا بِهِ ۚ وَاللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا كَانُوا يَكْتُمُونَ 61
Tarjima:
Ular huzuringizga kelsalar, iymon keltirdik, derlar. Holbuki, ularning kufr ila kirib, kufr ila chiqishlari shubhasiz. Alloh ular berkitgan narsani yaxshi biladir. Al-Ma'idah 5:61
Tafsir:
Ey moʻminlar, munofiqlar oldingizga kelib, oʻzlarini moʻmin qilib koʻrsatadilar. Aslida esa ular kirayotganlarida ham, chiqayotganlarida ham gʻirt kofir boʻladilar. Garchi ular zohirda moʻmindek koʻrinayotgan boʻlsalar-da, Alloh ularning dillarida yashirgan kufrni bilib turadi va yaqinda oʻshanga yarasha jazolarini beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ma'idah • Oyat 60 Keyingi Al-Ma'idah • Oyat 62