Va ulardan ko`plarining gunohga, dushmanlikka va harom yemoqqa oshiqayotganini ko`rasan. Qilayotgan ishlari qanday ham yomon! Moida 5:62 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, koʻrasizki, yahudiy va munofiqlardan koʻplari firibgarlik, bosqinchilik, zulm va haromxoʻrlik kabi gunohlarni qilishga oshiqadilar. Qilayotgan ishlari naqadar yomon!