Bani Isroildan kufr keltirganlari Dovud va Iyso ibn Maryam tilida la'natlandilar. Bu esa, isyon qilganlari va tajovuzkor bo`lganlari uchun bo`ldi. Al-Ma'idah 5:78 ⧉
Tafsir:
Alloh xabar beryaptiki, Bani Isroildagi kofirlarni Dovudga nozil qilgan Zaburda ham, Iyso ibn Maryamga nozil qilgan Injilda ham Oʻz rahmatidan quvgan va bunga sabab ularning gunoh qilganlari va Alloh taqiqlab qoʻygan ishlar borasida tajovuzkor boʻlganlaridir.