Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ma'idah — Oyat 77 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ma'idah • Oyat 120 dan 77 • Oʻzbekcha


قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لَا تَغْلُوا فِي دِينِكُمْ غَيْرَ الْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعُوا أَهْوَاءَ قَوْمٍ قَدْ ضَلُّوا مِنْ قَبْلُ وَأَضَلُّوا كَثِيرًا وَضَلُّوا عَنْ سَوَاءِ السَّبِيلِ 77
Tarjima:
Sen: «Ey, ahli kitoblar! Diningizda haddan oshib, nohaqlik qilmang. Va oldin o`zlari adashib va ko`pchilikni adashtirib, to`g`ri yo`ldan umuman chiqqanlarning havoyi nafslariga ergashmang», deb ayt. Al-Ma'idah 5:77
Tafsir:
Ey Paygʻambar, nasroniylarga shunday deng: "Sizlar haqqa ergashishga buyurildingiz. Endi bu ishda haddingizdan oshmangiz. Paygʻambarlar kabi zotlarni ulugʻlashga buyurildingiz. Endi bu ishda ham haddingizni bilib, ularni ilohiylashtirib yubormangiz. Iyso ibn Maryam borasida shunday qilgandingiz. Bunga sabab salaflaringizga ergashganingiz boʻldi. Ular esa oʻzlari ham haq yoʻldan ozgan, boshqa koʻplarni ham yoʻldan urgan zalolat ahli edilar".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ma'idah • Oyat 76 Keyingi Al-Ma'idah • Oyat 78