Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ma'idah — Oyat 76 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ma'idah • Oyat 120 dan 76 • Oʻzbekcha


قُلْ أَتَعْبُدُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ مَا لَا يَمْلِكُ لَكُمْ ضَرًّا وَلَا نَفْعًا ۚ وَاللَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ 76
Tarjima:
Sen: «Allohni qo`yib, sizga zarar ham, foyda ham bera olmaydigan narsaga ibodat qilasizlarmi?! Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir», deb ayt. Al-Ma'idah 5:76
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, ularning Allohdan boshqasiga bandalik qilayotganlariga qarshi hujjat keltirib, shunday deng: "Sizlarga biron foyda keltira olmaydigan va sizlardan biron zararni daf qila olmaydigan narsalarga ibodat qilasizlarmi? Sizlar ibodat qilayotgan narsalar ojizu notavondir. Alloh esa ojizlik kabi nuqsondan pok Zotdir. Hamma aytayotgan gaplaringizni eshitib turadigan yagona zot Allohdir. Gaplaringizning birontasi ham eshitilmasdan qolmaydi. U Zot hamma qilayotgan ishlaringizni ham koʻrib-bilib turadi. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmaydi. Yaqinda sizlarga amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ma'idah • Oyat 75 Keyingi Al-Ma'idah • Oyat 77